factograf
UZ

Kyusyu

Kyusyu

Key facts

aholisi13 061 879
hudud36 782km²
bu konsepsiyaning alohida holatiOrol
davlatYaponiya
dengiz sathidan balandligi1 788m
qitʼaOsiyo
All data from the card 6
Maydoni
36 782,11 km2
Dengiz sathidan balandligi
1788 m.
Eng baland nuqtasi
Kuju Mountains
Davlat
Yaponiya
Mintaqa
Yaponiya
Aholisi
13 061 879

Kyusyu, K i u – S i u (yaponcha – toʻqqiz viloyat) – Yaponiyaning janubiy qismidagi orol. Tinch okean, Ichki Yapon va Sharqiy Xitoy dengizlari bilan oʻralgan. Maydoni yondosh mayda orollar bilan birga 42,1 ming km². Qirgʻoq chizigʻi notekis, qoʻltiq koʻp. Relyefi, asosan togʻli, shimoliy va gʻarbi sertepa va allyuvial pasttekislik. Kyusyuning eng baland joyi – Kudzyu vulkani (1788 m). Soʻnmagan vulkanlar bor, issiq bulok koʻp. Teztez zilzila boʻlib turadi. Iqlimi subtropik, mussonli iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi togʻlarda 0°, tekisliklarda 10°, iyulniki 15—28°. Yillik yogʻin 1600–3000 mm. K.ning iqlimiga uning qirgʻoqlari yaqinidan oʻtadigan Kurosio va Susima iliq oqimlarining taʼsiri katta. Tez-tez tayfun boʻlib turadi. Yirik daryolari: Tikuga, Oyodo va Gokase; gidroenergiya resurslariga boy. Tuprogʻi qizil va sariq tuproq. 850 m balandlikkacha subtropik doim yashil oʻrmonlar, undan yuqorisi igna bargli oʻrmonlar, togʻ tepalari – butazor, oʻtloq va yalangliklar bilan band. K. – Yaponiyada oʻsimlik dunyosiga eng boy orol. Kyusyuning shimoliy Yaponiyaning asosiy koʻmir-metallurgiya bazasi; markazi va janubiy esa muhim qishloq xoʻjaligi rayonidir. Orolda aholi zich yashaydi. Yirik shaharlari: Kumamoto, Vagasaki, Kitakyusyu.

Manbalar


Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Read next

In 119 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article