Kumasi — Gananing markaziy qismidagi shahar. Ashanti viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 390 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻli va avtomobil yoʻllari tuguni. Yirik sanoat va madaniyat markazi. Yogʻochsozlik, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Kakaoga ishlov berish korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Shaharga XVII asrda Ashanti qabila boshligʻi Kumasi qarorgohi sifatida asos solingan. XVII asr oxiri XIX asrlarda Ashanti davlatining poytaxti boʻlgan. K. tepaliklarda joylashgan. Shaharning shim. qismida afrikaliklar uylari va Ashanti xrki-mining qadimgi saroyi, gʻarbida savdo va maʼmuriy binolar, eski qalʼa (fort) joylashgan. Un-t, oʻrta maxsus oʻquv muassasalari, Ashanti tarix-etnografiya muzeyi, hayvonot bogʻi, badiiy galereya va boshqa bor.
Kumasi
.jpg?width=1280)
Key facts
aholisi3 903 480
hudud254km²
bu konsepsiyaning alohida holatishahar, Katta shahar, metropolitan hududi
davlatGana
tashkil etilgan1680
dengiz sathidan balandligi300m
Read next
In 89 languages
uzAfrikaansالعربيةمصرىasturianuazərbaycancaتۆرکجهбеларускаябългарскиbrezhonegcatalàCebuanočeštinadanskdagbanliDeutschDagaareΕλληνικάEnglishEsperantoespañoleestieuskaraفارسیFulfuldesuomifrançaisNordfriiskFryskGaeilgegalegoAvañe'ẽGhanaian PidginHausaעבריתहिन्दीhrvatskimagyarհայերենԱրեւմտահայերէնBahasa IndonesiaIdoitaliano日本語ქართულიKarai-karaiTyapGĩkũyũYerwa Kanuri한국어KʋsaalкыргызчаLëtzebuergeschlietuviųlatviešuмокшеньмонголmooreBahasa MelayuNederlandsnorsk nynorsknorskߒߞߏиронਪੰਜਾਬੀpolskiportuguêsromânăрусскийIkinyarwandasrpskohrvatski / српскохрватскисрпски / srpskisvenskaKiswahiliślůnskiтоҷикӣไทยTürkçeTwiукраїнськаاردوvepsän kel’Tiếng ViệtVolapükWinaray吴语მარგალურიYorùbá中文
Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article