factograf
UZ

Kichik Osiyo yarim oroli

Kichik Osiyo yarim oroli

Key facts

bu konsepsiyaning alohida holatiyarim orol, tarixiy oʻlka
davlatTurkiya
qitʼaOsiyo

Kichik Osiyo yarim oroli — Osiyoning gʻarbiy qismidagi yarim orol. Qora, Marmar, Egey va Oʻrta dengizlar hamda ularni birlashtirib turgan boʻgʻozlar bilan chegaralangan. Maydoni 506 ming km². Oʻz. 1000 km dan koʻproq, kengligi 400-600 km. Yarim orolning dengiz boʻyidagi kambar pasttekislikdan tashqari hamma qismi togʻlik. Shim. va janubiy qirgʻoqlari tekis, gʻarbiy qirgʻogʻi notekis, orol koʻp. Yarim orolning katta qismi Kichik Osiyo togʻligidan iborat. Kichik Osiyo yarim orolining markaziy qismida chala choʻl landshaftli Anadolu yassitogʻligi joylashgan. Eng baland joyi — soʻngan Erjiyos vulkani (3916 m). Yarim orolning shimoliy va gʻarbiy qismida zilzilalar boʻlib turadi. Karst relyef shakllari keng tarqalgan. Iqlimi subtropik oʻrta dengiz iqlimi, sharqqa tomon qurgʻoqlashib boradi. Yillik yogʻin chekka qismidagi togʻlarda 1000-3000 mm, ichki rayonlarda 200-500 mm. Daryolari kamsuv, qishda toʻlibroq oqadi. Oqmas koʻl va shoʻrxok koʻp. Chala choʻl va dasht oʻsimliklari oʻsadi, oʻrmonlar uchraydi. K.Kichik Osiyo yarim orolida Turkiya hududining katta qismi joylashgan.

Manbalar


Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Read next

In 20 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article