Janubiy sandvich orollari - Atlantika okeanining janubiy qismidagi vulkan orollari, Antarktikada. 8 ta yirik va bir necha mayda orol va qoyalardan iborat. Maydoni 300 km2. Yer yuzasi togʻlik (balandligi 1372 m gacha), vulkan jinslaridan tuzilgan (bazalt, tuf va boshqalar), qor va muz bilan koplangan. Soʻnmagan vulkanlar bor. Har xil qush, tyulen koʻp. Qirgʻoq yaqinidagi suvlarda kitlar uchraydi. Doimiy aholisi yoʻq. 1775-yil ingliz dengizchi sayyohi J. Kuk ekspeditsiyasi kashf qilgan.
Janubiy Sandvich orollari

Key facts
hudud310km²
dengiz sathidan balandligi1 310m
davlatBirlashgan Qirollik
joylashgan vaqt zonasiUTC−04:00
manbalarda keltirilganBrokgauz va Yefron ensiklopedik lugʻati
Read next
In 39 languages
Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article