factograf
UZ
Sign in

Interpolyatsiya

Interpolyatsiya (lotincha inter - orasida va polio — tekislayman) — 1) matematikada — bir necha nuqtada berilgan funksiya qiymatlaridan shu nuqtalar orasidagi nuqtalarda funksiyaning taqribiy qiymatini topish. Interpolyatsiyadan farqli ravishda ekstrapolyasiya da funksiyaning taqribiy qiymati berilgan nuqtalardan tashqaridagi nuqtalarda topiladi; 2) statistikada — voqealar qatoriningoraliq hadlari taxminan qiymatlarini matematik usulda hisoblab topish; qatorning nomaʼlum qiymatlarini topish. Qatorning nomaʼlum qiymatlari qatorning maʼlum hadlari orqali hisoblab topiladi yoki miqdori aniq boʻlgan boshqa hadlar bilan oʻzaro bogʻliqyaigi asosida aniqlanadi.

Read next

In 53 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article