factograf
UZ
Sign in

Hunky Dory

Key facts

nashr etilgan sanasi17-dekabr, 1971
bu konsepsiyaning alohida holatimusiqiy albom
ijrochiDavid Bowie
janrGlam rock
All data from the card 7
Chiqarilgan sanasi
1971-yil 17-dekabr
Yozib olingan sanasi
8-iyun – 6-avgust 1971-yil
Janr
Art poppop-rok
Davomiyligi
41:50
Mamlakat
Buyuk Britaniya
Til
inglizcha
Leybl
RCA

Hunky Dory ingliz musiqachisi David Bowiening toʻrtinchi studiyaviy albomidir. 1971-yilning 17-dekabrida RCA Records studiyasi tomonidan chiqarilgan. 1970-yilgi The Man Who Sold the World albomi relizidan soʻng, Bowie musiqachilik faoliyatida tanaffus qildi. U yangi qoʻshiqlarini avvalgidek gitarada emas, balki pianinoda yozishga qaror qildi. AQShdagi kontsert turnesidan soʻng, Bowie gitarachi Mick Ronson, basist Trevor Bolder va barabanchi Mick Woodmanseydan iborat yangi jamoa tuzdi va 1971-yilning oʻrtalarida Londonda joylashgan Trident Studiosda albom yozish ishlarini boshladi. Rick Wakeman (Yes rok musiqa guruhining boʻlajak aʼzosi) ishda pianinochi oʻlaroq qatnashdi. Bowie albomni Ken Scott bilan birgalikda hozirladi. Scott bungacha uning ikki plastinkasiga ovoz rejissori boʻlgan.

The Man Who Sold the World albomi hard-rokining gitara ovozi bilan solishtirganda, Bowie Hunky Dory uchun koʻproq xushohang yoʻnalishlarni tanladi: pop-rok va art-pop.

Trek-list

  1. „Changes“ — 3:37
  2. „Oh! You Pretty Things“ — 3:12
  3. „Eight Line Poem“ — 2:55
  4. „Life on Mars?“ — 3:53
  5. „Kooks“ — 2:53
  6. „Quicksand“ — 5:08
  7. „Fill Your Heart“ (Biff Rose, Paul Williams) — 3:07
  8. „Andy Warhol“ — 3:56
  9. „Song for Bob Dylan“ — 4:12
  10. „Queen Bitch“ — 3:18
  11. „The Bewlay Brothers“ — 5:22


Read next

In 32 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article