Google Duo – 2016-yilda Google tomonidan chiqarilgan IP (VoIP) va videotelefoniya xizmati boʻlib, 2022-yilda Google Meet bilan birlashtirilgan. Xizmat Android, IOS va veb-brauzerlar uchun ham mavjud bo'lgan. Google Duo foydalanuvchilarga boshqa Duo foydalanuvchilari bilan yakkama-yakka va guruhli audio va video qoʻngʻiroqlarni amalga oshirish va qabul qilish imkonini beradi. Duodan telefon raqami yoki Google hisobi orqali foydalanish mumkin.
Google Duo 2016-yil 18-mayda Google dasturchilar konferensiyasida eʼlon qilingan va 2016-yil 16-avgustda butun dunyo boʻylab xizmat koʻrsatishni boshlangan. Google 2022-yilda ushbu xizmatni Google Meet bilan birlashtirilishini eʼlon qildi va yil oxiriga kelib xizmat yopildi.
Tarixi
2016-yil dekabr oyida Google Duo ilovasi Hangouts oʻrniga ishlab chiqarildi va natijada foydalanuvchilar uchun Google Hangouts ilovasini oʻrnatish ixtiyoriy boʻlib qoladi. 2020-yil avgust oyida Google oxir-oqibat Google Duoni biznesga yoʻnaltirilgan Google Meet bilan birlashtirishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan. 2021-yil dekabr oyida bu reja bekor qilinadi, lekin Duoning yangi versiyalari chiqarilishda davom etaveradi. Kompaniya 2022-yil iyun oyida Google Duo va Google Meet birlashtirilishini eʼlon qilgan. Ilovalarning birlashishi avgust oyida boshlanib Duo mobil ilovasining nomi Google Meet, Google Meet ilovasi esa „Google Meet (original)“ ga oʻzgartiriladi va bosqichma-bosqich birlashuv amalga oshiriladi. Jarayon esa 2024-yilga kelib yakunlangan.