factograf
UZ

Goʻsht

Goʻsht

Goʻsht — qimmatli oziq-ovqat mahsuloti; soʻyilgan hayvon nimtasi yoki nimtasining bir qismi. Goʻsht inson isteʼmol qiladigan oziq-ovqatdagi oqsilning asosiy manbai hisoblanadi. Goʻshtning tuzilishi va taʼmi, sifatlari hayvonlar turi, zoti, jinsi, yoshi, boqish va saqlash sharoitlariga bogʻliq. Hayvonlarning turiga qarab, mol (qoramol), qoʻy, ot goʻshti va boshqalarga ajratiladi. Qoramol, qoʻy, echki Goʻshtni sifati va semizligiga qarab birinchi va ikkinchi toifalarga boʻlinadi.

Odamlar tomonidan isteʼmol qilinadigan goʻshtning asosiy qismi qushxonalarda hayvonlarni soʻyish orqali ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat uchun hayvonlarning goʻshti ishlatiladi (yovvoyi katta va kichik sutemizuvchilar, sudraluvchilar, amfibiyalar va boshqalar). Dunyoning turli oshxonalarida turli hayvonlarning goʻshti ishlatiladi. Bu, asosan, zotlar va oshxona anʼanalarining mavjudligiga bogʻliq.

Goʻshtni „Sunʼiy goʻsht“ usulida yetishtirish imkoniyati koʻrib chiqilmoqda.

Goʻsht tarkibi va xossalari

Goʻsht mushak toʻqimalarining kimyoviy tarkibi: suv 72-75%, oqsil 18-22%, yogʻ va yogʻsimon moddalar 0,5-3,5%, azotli ekstrativ moddalar 1-1,7%, uglevodlar 0,7-1,4%, mineral moddalar 0,8-1,8%. Goʻshtning sifat jihatdan eng muhim qismi mushak toʻqimalari hisoblanadi. Goʻshtda uning miqdori 40-70% ga boradi. Mushaklar oqsillarida hayotiy zarur aminokislotalar bor. Mushak tolalaridagi mioglobin oqsili Goʻshtga qizil tus beradi. Goʻshtning isteʼmol qilinadigan qismining mineral tarkibi (mg%): fosfor 180-230, kaliy 200-300, kalsiy 7-15, magniy 17-25, temir 1,5-3,0 va boshqa Goʻsht tarkibida yana turli xil kislotalar, vitaminlar (RR, V, V2, Ye va boshqalar) boʻladi. Goʻshtning saqlanish muddatini uzaytirish uchun muzlatiladi, tuzlanadi, dudlanadi (qarang Goʻsht sanoati).

Mushak toʻqimalariga qoʻshimcha ravishda, goʻshtga biriktiruvchi toʻqima, yogʻ toʻqimasi va oz miqdorda nerv toʻqimalari kiradi. Goʻshtning ozuqaviy qiymati uning tarkibidagi muhim aminokislotalar (valin, leysin, izoleytsin, lizin, metionin, treonin, triptofan, fenilalanin) va muhim koʻp toʻyinmagan yogʻ kislotalar, lipidlar va oqsillar bilan belgilanadi. Inson tanasiga mikroelementlar va vitaminlar goʻshtni isteʼmol qilishi bilan kiradi. Goʻsht tarkibidagi ekstraktiv moddalar ovqatning taʼmini yaxshilaydi, ishtahani qoʻzgʻatadi va ovqat hazm qilish bezlari sekretsiyasini kuchaytiradi.

Jadval 1. Har xil turdagi hayvonlarning goʻshti tarkibidagi moddalar
Mahsulot Suv, % Oqsil, % Yogʻ, % Minerallar, %
Qoʻy goʻshti 1-toifa 67,6 16,3 15,3 0,8
Quyon goʻshti 67 20,5 4 0,9
Buffalo goʻshti 66,8 19,0 13,2 1,0
Mol goʻshti 67,7 18,9 12,4 1,0
Qazi 69,6 19,5 9,9 1,0
Kiyik goʻshti 71,0 19,5 8,5 1,0
Choʻchqa goʻshti (bekon) 1-toifa 54,8 16,4 27,8 1,0
Choʻchqa goʻshti (goʻsht) 2-toifa 51,6 14,6 33,0 0,8
Buzoq goʻshti 1-toifa 78,0 19,7 1,2 1,1
Tuya goʻshti 70,7 18,9 9,4 1,0

Goʻsht turlari

Quyidagi roʻyxat turli madaniyatlarda isteʼmol qilinadigan hayvonlarning goʻshti turlarini oʻz ichiga oladi: Sut emizuvchilar

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • „Мясо“, Большая российская энциклопедия. Том 21, М., 2012 — 625-bet. 
  • „Мясо“, Товарный словарь. Том 5. М.: Госторгиздат, 1958. 


Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Read next

In 181 languages

uzаԥсшәаAfrikaansAlemannischአማርኛaragonésالعربيةܐܪܡܝܐمصرىঅসমীয়াasturianuAtikamekwAymar aruazərbaycancaتۆرکجهбашҡортсаBasa BaliBoarischžemaitėškaBikol Centralбеларуская (тарашкевіца)беларускаябългарскиবাংলাbrezhonegbosanskiBatak Mandailingбуряадcatalà閩東語 / Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄нохчийнCebuanoکوردیčeštinaсловѣньскъ / ⰔⰎⰑⰂⰡⰐⰠⰔⰍⰟчӑвашлаCymraegdanskdagbanliDeutschZazakiΕλληνικάemiliàn e rumagnòlEnglishEsperantoespañoleestieuskaraestremeñuفارسیsuomivõroNa Vosa VakavitiføroysktfrançaisNordfriiskfurlanGaeilge贛語kriyòl gwiyannenGàidhliggalegoAvañe'ẽgungbeGaelgHausaעבריתहिन्दीFiji HindihrvatskiKreyòl ayisyenmagyarհայերենԱրեւմտահայերէնinterlinguaBahasa IndonesiaIñupiatunIlokanoIdoíslenskaitaliano日本語PatoisJawaქართულიTaqbaylitJjuTyapKumoringқазақшаಕನ್ನಡYerwa Kanuri한국어کٲشُرkurdîKʋsaalkernowekкыргызчаLatinaLëtzebuergeschLimburgslombardlietuviųlatviešuMadhurâMalagasyолык марийMāoriMinangkabauмакедонскиമലയാളംмонголBahasa Melayuမြန်မာဘာသာэрзяньNapulitanoPlattdüütschनेपालीLi NihaNederlandsnorsk nynorsknorskNouormandDiné bizaadoccitanlivvinkarjalaਪੰਜਾਬੀKapampanganpolskiPiemontèisپنجابیپښتوportuguêsRuna SimiikirundiromânăarmãneashtiрусскийрусиньскыйIkinyarwandaсаха тылаᱥᱟᱱᱛᱟᱲᱤsicilianuسنڌيsrpskohrvatski / српскохрватскиSimple EnglishslovenčinaslovenščinachiShonaSoomaaligashqipсрпски / srpskiSiSwatiSundasvenskaKiswahiliதமிழ்తెలుగుтоҷикӣไทยTagalogSetswanaTürkçeтатарча / tatarçachiTumbukaукраїнськаاردوvènetovepsän kel’Tiếng ViệtWest-VlamsVolapükwalonWinaray吴语ייִדישⵜⴰⵎⴰⵣⵉⵖⵜ ⵜⴰⵏⴰⵡⴰⵢⵜ閩南語 / Bân-lâm-gí粵語中文isiZulu

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article