factograf
UZ
Sign in

George W. Bush

George W. Bush

Key facts

tugʻilgan sanasi6-iyul, 1946
balandligi/bo'yi183cm
oʻquv muassasasiYale College
kasbisiyosatchi, ruhlantiruvchi notiq
turmush oʻrtogʻiLaura Bush
siyosiy partiyalarga aʼzoligiRespublikachilar partiyasi
All data from the card 16
Vitse-prezident
Dik Cheyni
Oʻtmishdoshi
Bill Klinton
Vorisi
Barak Obama
Oʻtmishdoshi
Ann Richards
Vorisi
Rik Perri
Tavalludi
George Walker Bush1946-yil 6-iyulNyu-Xeyven, Konnektikut, AQSh
Fuqaroligi
AQSH
Siyosiy partiyasi
Respublikachilar
Boʻyi
183 sm
Turmush oʻrtogʻi
Laura Welch (turm. 1977)
Bolalari
Barbara Bush, Jenna Bush Xeyger
Ota-onasi
Jorj G. U. Bush Barbara Bush
Istiqomat joy(lar)i
Kroford, Texas, AQSh
Taʼlim
Yel universitetiGarvard universiteti
Kasbi
Siyosatchiishbilarmon
Vebsayti
Rasmiy sayti Oq uy arxivlari

Jorj Uoker Bush (inglizcha: George Walker Bush; 6-iyul 1946-yilda tugʻilgan) amerikalik siyosatchi va ishbilarmon boʻlib, 2001-yildan 2009-yilga qadar Amerika Qoʻshma Shtatlarining 43-prezidenti lavozimini bajargandir. Respublikachilar partiyasi aʼzosi boʻlgan Bush bungacha 1995-yildan 2000-yilga qadar Texas shtatining 46-gubernatori vazifasini bajargan. U AQShning sobiq prezidenti Jojr G. U. Bushning toʻngʻich oʻgʻlidir.

Bush yigirma yoshida Texas havo milliy gvardiyasida ikki yil muddat xizmat qildi. 1975-yili Garvard biznes maktabini tamomlagach, u neft sanoati sohasida ishladi. 1978-yilda Bush Vakillar palatasiga oʻz nomzodligini qoʻydi, ammo saylanmadi. Keyinchalik, u Texas Rangers nomli beysbol jamoasiga egalik qilib, 1994-yili Texas gubernatori etib saylandi. 1998-yilda Bush rekord darajadagi (69 foiz) ovozlar soni bilan ikkinchi muddatga qayta gubernator etib saylandi va buning ortidan Texas tarixida ikkinchi muddatga saylangan ilk gubernator boʻldi U gubernatorlik davrida Texasni shamol energetikasini ishlab chiqaruvchi yetakchi shtatga aylantirishga koʻmaklashdi. Bush 2000-yilgi prezidentlik saylovlarida qatnashib, Demokratlar partiyasida boʻlgan amaldagi vitse-prezident Al Gore ustidan gʻalaba qozondi. Qayta sanash va sud jarayonlarini oʻz ichiga olgan bu saylov mamlakat tarixidagi eng bahsli saylovlardan biri boʻldi.

Lavozimiga kirishgach, Bush soliqlarni kamaytirish va taʼlimni isloh qilish toʻgʻrisida qonun loyihasi imzoladi. Kech abort qilishni taqiqlash toʻgʻrisidagi qonun va eʼtiqodga asoslangan tashabbuslar kabi ijtimoiy-konservativ harakatlarni ilgari surdi. Bush prezidentligi davrida 2001-yil 11-sentyabr terror xurujlari natijasida terrorizmga qarshi kurashish uchun Milliy xavfsizlik vazirligi tashkil etildi. Bush Tolibonni agʻdarib tashlash, al-Qoidani yoʻq qilish hamda Usoma bin Lodenni ushlash maqsadida AQSh armiyasini Afgʻonistonga bostirib kirishga buyruq berdi. U, shuningdek, terrorizmda gumon qilingan shaxslarni nazorat qilish vakolatini beruvchi Patriot qonunini imzoladi.

Bush 2004-yilgi prezidentlik saylovlarida ham qatnashib, Demokratlar partiyasidan nomzod Jon Kerrini magʻlub etdi hamda ikkinchi muddatga qayta prezident etib saylandi.

Dastlabki hayoti va karyerasi

Jorj U. Bush ota-onasi Barbara va Jorj G. U. Bush bilan (tax. 19470
Jorj U. Bush ota-onasi Barbara va Jorj G. U. Bush bilan (tax. 19470

Jorj Uoker Bush 1946-yil 6-iyulda Connecticut shtatining New Haven shahrida joylashgan Grace-New Haven shifoxonasida dunyoga keldi.. U Jorj Gerbert Uoker Bush va Barbara Pirslarning birinchi farzandi boʻlgan. Uning bolaligi Texas shtatining Midland va Xyuston shaharlarida oʻtgan. Uchta ukasi va bitta singlisi boʻlgan boʻlib, ular quyidagilardir: Jeb, Nil, Marvin va Doroti. Boshqa bir singlisi Robin 1953-yili uch yoshida leykoz kasalligi tufayli vafot etgan. Uning ota tarafdan bobosi Prescott Bush Konnektikut shtatidan senator boʻlgan. Jorjning otasi 1981-yildan 1989-yilga qadar Ronald Reygan prezidentligi davrida vitse-prezident, 1989-yildan 1993-yilga qadar esa 41-AQSh prezidenti vazifalarini bajargan. Bush asosan ingliz va olmon (uzoqroq niderland, uels, irland, fransuz va shotland) kelib chiqishga ega boʻlgan.

Taʼlimi

Bush Texas shtatining Midland shahridagi davlat maktabida oʻqidi. U 7-sinfni tamomlaganida oilasi bilan Houston shahriga koʻchib oʻtdi. Keyin u Kinkaid maktabida ikki yil muddat tahsil oldi.

Bush keyinchalik Massachusets shtatining Andover shahrida joylashgan Phillips Academy nomli maktab-internatda oʻqidi. U ushbu maktab-internatda oʻqigan yillarida beysbol oʻynagan. U 1964-yili Yale universitetiga oʻqishga kirdi va 1968-yilda uni tugatib, tarix boʻyicha bakalavrlik darajasini oldi. Yaleda oʻqigan yillarida u Delta Kappa Epsilonga aʼzo boʻlib, oʻrtoqchilik prezidenti oʻlaroq xizmat qildi. Bush, shuningdek, „Skull and Bones“ („Bosh suyagi va suyaklar“) jamiyati aʼzosi ham boʻlgan. U oʻzini oʻrtacha talaba oʻlaroq taʼriflaydi. U Yaleda dastlabki uch yilidagi GPAsi 77 ni tashkil etib, universitetdagi soʻnggi yilida ham xuddi shunday oʻrtacha koʻrsatkichga ega boʻlgan.

1973-yilning kuzida Bush Garvard biznes maktabiga oʻqishga kirdi. 1975-yili uni tamomlab, MBA darajasini oldi. U AQSh tarixida MBA darajasini olgan yagona prezidentdir.

Read next

In 217 languages

uzAcèhAfrikaansAlemannischaragonésÆngliscअंगिकाالعربيةالدارجةمصرىasturianuअवधीAymar aruazərbaycancaتۆرکجهбашҡортсаBasa BaliBoarischžemaitėškaBikol Centralбеларуская (тарашкевіца)беларускаябългарскиBislamaBanjarbamanankanবাংলাবিষ্ণুপ্রিয়া মণিপুরীbrezhonegbosanskicatalàChavacano de Zamboanga閩東語 / Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄CebuanoᏣᎳᎩکوردیcorsuqırımtatarcačeštinaсловѣньскъ / ⰔⰎⰑⰂⰡⰐⰠⰔⰍⰟчӑвашлаCymraegdanskdagbanliDeutschZazakidolnoserbskiडोटेलीދިވެހިބަސްΕλληνικάemiliàn e rumagnòlEnglishEsperantoespañoleestieuskaraestremeñuفارسیFulfuldesuomivõroføroysktfrançaisarpetanNordfriiskfurlanFryskGaeilge贛語GàidhliggalegoAvañe'ẽगोंयची कोंकणी / Gõychi KonknniBahasa Hulontalo𐌲𐌿𐍄𐌹𐍃𐌺GaelgHausa客家語 / Hak-kâ-ngîHawaiʻiעבריתहिन्दीhrvatskihornjoserbsceKreyòl ayisyenmagyarհայերենinterlinguaBahasa IndonesiaInterlingueIlokanoIdoíslenskaitalianoᐃᓄᒃᑎᑐᑦ / inuktitut日本語Patoisla .lojban.JawaქართულიQaraqalpaqshaKongoқазақшаភាសាខ្មែរಕನ್ನಡ한국어къарачай-малкъарکٲشُرRipoarischkurdîkernowekкыргызчаLatinaLëtzebuergeschлезгиLingua Franca NovaLimburgsLigurelombardlingálalietuviųlatgaļulatviešuMadhurâमैथिलीBasa BanyumasanMalagasyMāoriмакедонскиമലയാളംмонголमराठीBahasa MelayuMaltiမြန်မာဘာသာمازِرونیNāhuatlNapulitanoNedersaksiesPlattdüütschनेपालीनेपाल भाषाNederlandsnorsk nynorsknorskNouormandNupeChi-ChewaoccitanиронਪੰਜਾਬੀPangasinanKapampanganPicardDeitschPälzischpolskiPiemontèisپنجابیپښتوportuguêsRuna Simirumantschromani čhibromânăarmãneashtiрусскийрусиньскыйIkinyarwandaसंस्कृतम्саха тылаsicilianuScotsdavvisámegiellasrpskohrvatski / српскохрватскиසිංහලSimple EnglishslovenčinaslovenščinachiShonaSoomaaligashqipсрпски / srpskiSundasvenskaKiswahiliślůnskiதமிழ்తెలుగుтоҷикӣไทยTürkmençeTagalogtoki ponaTok PisinTürkçeтатарча / tatarçachiTumbukareo tahitiئۇيغۇرچە / UyghurcheукраїнськаاردوvènetoTiếng ViệtWest-VlamsVolapükwalonWinaray吴语isiXhosaმარგალურიייִדישYorùbáZeêuws閩南語 / Bân-lâm-gí粵語中文isiZulu

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article