Yoshligi
Fusajirō 1868-yil 22-noyabrda dunyoga kelgan. U hunarmand Sôsuke Fukuining toʻngʻich oʻgʻli edi. Otasi sement ishlab chiqaruvchi Xaygan nomli kompaniya egasining qizlaridan biriga uylangan va Yamauchi familiyasini meros qilib olgan. Yamauchi oilasida merosxoʻr oʻgʻil farzand boʻlmagani sababli 1885-yilda 17 yoshli Fusajirō kompaniyani meros qilib olgan va uning nomini Haikyo deb oʻzgartirgan.
Yamauchi Fusajirô Shôten yohud Yamauchi Nintendo
Meydzi islohoti natijasida 1885-yilda qimor oʻyinlari toʻgʻrisidagi qonunlar qayta koʻrib chiqilgan va Xanafuda kartalari ishlab chiqarish va sotishga ruxsat beril. Kiotoda koʻplab sement sotadigan doʻkonlar tarmogʻini yoʻlga qoʻygandan soʻng Fusajirō Xanafuda kartalari sotish koʻpayib ketgani va ushbu oʻyinga oʻzi ham qiziqishi hisobiga hunarmand sifatidagi oʻz mahoratidan foydalanib Xanafuda kartalari ishlab chiqaruvchi korxonaga asos soldi.
1889-yil 23-sentyabrda Fusajirō Yamauchi oʻzi sotib olgan eski va hech kim yashamaydigan uyda Yamauchi Fusajirô Shôten yoki boshqacha nom bilan aytganda Yamauchi Nintendoga asos solgan. Fusajirō Xanafuda kartalarini tut poʻstlogʻi, loy va oʻzi yaratgan yogʻoch blokli bosma mashinasi yordamida ishlab chiqara boshlagan. Nintendo tomonidan sotilgan oʻyin kartalari unga tushurilgan Napoleon tasviri tufayli taniqli boʻlgan va bir necha yil ichida juda katta muvaffaqiyatga erishgan.
Shaxsiy maʼlumotlari
Oʻgʻil farzandi boʻlmagan Fusajirō 1905-yilda Nintendoda asrning boshida ish boshlagan xodim Sekiryo Kanedani oʻz kuyovi qilgan va ikki qizidan biri Teini unga nikohlab bergan. Keyingi 10 yil davomida Sekiryo Nintendo va Haikyo kompaniyalarini qaynotasi bilan birgalikda, 1929-yilda Fusajirō isteʼfoga chiqqanidan soʻng esa oʻzi yakka boshqara boshlagan.
