factograf
UZ
Sign in

Fronton

Fronton

Fronton (frans. fronton — peshona, old tomon) — binoning bosh tarzi, portik, tepa qismining tugallanish kismi; uchburchak, ayrim hollarda yoysimon shaklda boʻladi. Yuqoridan tom qirralari, pastdan karniz bilan chegaralanadi. Fronton yuzasi koʻpincha haykallar, boʻrtma tasvirlar bilan bezatiladi. Bino eshik va derazalarining tepa qismida fronton shaklidan bezak maqsadlarida foydalaniladi. Koʻp qavatli binolarning yuqori qavatlari devoridan boʻrtib chiqqan eshik, deraza, ayvonlar tepasidagi meʼmoriy qismlarda ham fronton qoʻllanishi mumkin.



Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Read next

In 54 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article