factograf
UZ
Sign in

Firebase

All data from the card 4
Turi
Hisoblash va dasturlashga doir vositalar
Qachon asos solingan
13-sentabr, 2010-yil
Joylashuvi
Amerika Qo‘shma Shtatlari
Vebsayti
firebase.google.com

Firebase – backend bulutli xizmatlaridan mobil ilovalarda foydalanishga koʻmaklashadigan Google tomonidan taqdim qilingan kompaniya. Firebase Android, iOS tizimlari, JavaScript, Node.js, Java, Unity, PHP va C++ dasturlash tillari uchun maʼlumotlar bazasi, real vaqt maʼlumotlar bazasi, autentifikatsiya, ilovalarni integrallash va analitika xizmatlarini taklif qiladi.

Tarixi

Firebase 2011-yilda James Tamplin va Andrev Lee tomonidan asos solingan Envolve startapidan kelib chiqqan. Envolve dasturchilar uchun web sahifada online chat qurish imkonini beruvchi APIni integrallashtirib berdi. Chat xizmatlari ishga tushgandan soʻng Tamplin va Lee ilovalar orqali uzatilayotgan maʼlumotlar chat xabarlari emasligini aniqladilar va ular chat tizimini va real vaqt arxitekturasini bir-biridan ajratishga qaror qildi. 2011-yilda Tamplin va Lee Firebaseʼni korporatsiyadan ajratib oldi va alohida kompaniya sifatida 2012-yilning aprel oyida ishga tushirdi. Firebaseʼning birinchi mahsuloti iOS, Android va veb-qurilmalar aro ilova maʼlumotlarini sinxronlaydigan va ularni Firebase bulutli tizimida saqlaydigan API boʻlgan Firebase Realtime Database edi. Mahsulot dasturchilar uchun real vaqtda ishlaydigan ilovalar tayyorlashga yordam berdi.

Read next

In 24 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article