Evenk tili, tungus tili — tungus-manjur tillaridan biri; Rossiya Federatsiyasida Sharqda Oxota dengizi sohillaridan Gʻarbda Yenisey daryosigacha, Shim.da Shimoliy muz okeanidan Janubiy da Baykalboʻyi va Amurgacha boʻlgan ulkan hududda, shuningdek, XXR va Moʻgʻulistonda tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 65 ming (RFda 30 ming, XXRda 35 mingga yaqin, Moʻgʻulistonda 3 ming) kishidan ortiq (oʻtgan asrning oxirlari). Lahjalari 3 asosiy guruhga boʻlinadi: shim., jan. va sharqiy. Sezilarli tafovutlar, xilmaxilliklarga qaramay, bu lahjalar muayyan darajada boshqa tungus-manjus tillariga xos boʻlgan umumiy xususiyatlar majmui bilan birlashganlar, hatto baʼzi olimlar solon va negidal tillarini Evenk tilining lahjalari deb hisoblaydilar. Adabiy tilga jan. lahjaning nep shevasi, 1953-yildan esa poligus shevasi asos boʻlgan. Yozuvi 1931-yildan lotin grafikasi, 1936-yildan esa rus grafikasi asosida shakllangan.
Evenk tili
All data from the card 5
- Milliy nomi
- ᠧᠠᠩᠬᠢ va Эвэды̄ турэ̄н
- Mamlakatlar
- Rossiya va Xitoy
- Soʻzlashuvchilarning umumiy soni
- 13 800
- Alifbosi
- Kirill alifbosi, Moʻgʻul yozuvi, Evenki alphabet va Lotin alifbosi
- ISO 639-3
- evn
Read next
In 60 languages
uzالعربيةasturianuazərbaycancaбеларуская (тарашкевіца)беларускаябългарскиbrezhonegcatalàнохчийнчӑвашлаDeutschEnglishEsperantoespañoleestieuskaraفارسیsuomifrançaisgalegoעבריתFiji Hindihrvatskimagyarհայերենíslenskaitaliano日本語қазақша한국어комикыргызчаLatinaLingua Franca Novalietuviųlatviešuолык мариймакедонскиNederlandsnorsk nynorsknorskoccitanpolskiPiemontèisportuguêsрусскийсаха тылаslovenčinaKiswahiliślůnskiไทยTürkçeтатарча / tatarçaукраїнськаvepsän kel’Tiếng Việt吴语粵語中文
Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article