factograf
UZ

Drava

Drava

Drava — Yevropadagi daryo, Dunayning oʻng irmogʻi. Uzunligi 749 km, havzasining mayd. 40,4 ming km2. Alp togʻlari (Italiya va Avstriya hududi)dan boshlanadi. Asosan Oʻrta Dunay tekisligidan (Sloveniya va Xorvatiya)dan oqadi. Yoz va kuz oylarida toshadi, qishda suvi kamayadi. Quyilish joyida oʻrtacha suv sarfi 610 m’/sek. D.ga yirik GESlar qurilgan. Quyilish yeridan Fillax sh.gacha (650 km masofada) kema qatnaydi.

Adabiyot

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Read next

In 73 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article