Deka (xalqaro belgilanishi „da“) – Xalqaro birliklar tizimida (SI) boshlangʻich birlikning oʻn barobar koʻpayishini ifodalovchi old qoʻshimcha. Bu nom yunoncha: δέκα „oʻn“ soʻzidan kelib chiqqan. SI tizimida qoʻllash uchun ushbu old qoʻshimcha 1960-yilda XI chi oʻlchov va tarozilar boʻyicha Bosh konferensiya (GKMV) tomonidan SI tizimini tasdiqlash bilan bir vaqtda qabul qilingan.
Tarixan ilk bor 1795-yilda rasman joriy etilgan; ammo juda kam hollarda ishlatilgan. 1960-yilda SI tizimi qabul qilinishidan oldin uning turli xil koʻrinishlari mavjud edi: dk, D, Da
Qoʻllanishiga oid misollar: