Daria Kinzer (1988-yil 29-mayda tugʻilgan) – asli xorvat millatiga mansub Avtriyada yashovchi qoʻshiqchi. 2011-yilda Germaniyada boʻlib oʻtgan Yevrovision qoʻshiq tanlovida Xorvatiya nomidan ishtirok etgan. 2011-yil 5-mart kuni boʻlib oʻtgan milliy tanlovda „Celebrate“ nomli qoʻshigʻi bilan gʻolib chiqib, tanlovning birinchi yarim finalida ishtirok etgan va 15-oʻrinni egallagan. Shuningdek, „Celebrate“ qoʻshigʻining „Diese Nacht“ nomli nemis tilidagi versiyasini ham yozgan.
Kinzer 1988-yil 29-mayda Germaniya Federativ Respublikasining Bavariya shtati Aschaffenburg shahrida tugʻilgan. Onasi xorvat, otasi nemis millatiga mansub boʻlgan. Kinzer xorvat va nemis tillarida soʻzlasha oladi. Hozirda Vena shahrida tahsil oladi.
Havolalar
- Rasmiy sayti (olmoncha, xorvatcha va inglizcha)
