Boʻshanish — kishining jinsiy aloqa yoki masturbatsiya davomida eyakulyatsiya qilishi. Atama odatda pornografik filmlar va jurnallarda uchraydigan tasvirlar izohlarida tez-tez qoʻllanadi. Boʻshanish bukkake singari seksual fetishizm va unga aloqador janrlarining obyektiga aylangan. Pornografik filmlarda koʻpincha videoning tugayotganligini bildirish maʼnosida, asossan yuzga boʻshanish holatida koʻproq uchraydi. Eyakulyatsiya holatlari, asosan, jinsiy aʼzolar, dumba, koʻkrak yoki til kabi sherikning tana aʼzolariga qilinishi mumkin.
Atama odatda kinooperator tomonidan pornografik filmning hikoyasi doirasida qoʻllanadi. 1970-yillardan boshlab, hardcore pornografiya janrining leytmotiviga aylangan. Ikkita istisno holatlari mavjud boʻlib, bular penetratsiya aniq koʻrsatilmagan softcore pornografiya hamda penetratsiyani oʻz ichiga olishi mumkin boʻlgan, lekin odatda grafik emas, balki romantik yoki tarbiyaviy boʻlishi uchun ehtiyotkor tarzda suratga olinadigan „juftliklar erotikasi“ kabi yoʻnalishalardir. Eyakulyatsiya ketma-ketligidan yiroq boʻlgan softcore pornografiya odatda baʼzi isteʼmolchilarning ochiqdan ochiq pornografik materiallarga boʻlgan nisbatan kamroq talablariga javoban hamda eyakulyatsiya tasvirlari taqiqlashi mumkin boʻlgan hukumat qonunlari yoki kabel televideniyesi qoidalariga rioya qilish uchun ishlab chiqariladi. Boʻshanish lezbianlar ishtirokidagi jinsiy aloqa aks etgan sahnalarda koʻrinmaydi (ayollar eyakulyatsiyasi mavjud, biroq nisbatan kam uchraydi).
Sogʻliq uchun xavflilik
Kasallik tashish
Boshqa odamning tana suyuqliklari bilan aloqa qilishni oʻz ichiga olgan har qanday jinsiy faoliyat jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklarni yuqtirish xavfini oʻz ichiga oladi. Sperma oʻz-oʻzidan teriga toʻkilsa yoki yutilsa zararsiz hisoblanadi. Biroq, sperma jinsiy yoʻl bilan yuqadigan koʻplab infeksiyalarga, jumladan, OIV va gepatit uchun vositachi boʻlishi mumkin. Kaliforniya Kasbiy xavfsizlik va sogʻliqni saqlash boshqarmasi spermani „potensial yuqumli material“ yoki OPIM sifatida tasniflaydi.
Allergik reaksiyalar
Kamdan kam hollarda, odamlarda seminal suyuqlik ortidan allergik reaksiyalar paydo boʻlishi mumkin. Bu kabi holatlarda allergiyasi qoʻziydigan insonalrda yuqori sezuvchanlik rivojlangan boʻladi. Simptomlar mahalliy yoki tizimli, jumladan, jinsiy aloqa qilgandan keyin 30 daqiqa ichida qichishish, qizarish, shishish yoki pufakchalar paydo boʻlishi mumkin. Ular shuningdek eshakemi va hatto nafas olish qiyinlishuvini ham keltirib chiqarishi mumkin.
