factograf
UZ
Sign in

Craig David

Craig David

Key facts

tugʻilgan sanasi5-may, 1981
kasbiqoʻshiqchi, kompozitor, musiqiy prodyuser
tugʻilgan joyiSautxempton
All data from the card 7
Tavalludi
Craig Ashley David1981-yil 5-maySouthampton, Hampshire, Angliya
Janrlar
R&B UK garage dans-pop
Kasbi
Qoʻshiqchi qoʻshiqnavis reper produser
Faoliyat yillari
1997 – hozirgacha
Leybllar
Wildstar Teacup Warner Bros. UMTV Atlantic [Reprise UMPG Insanity Speakerbox BMG RCA Independent
Fuqaroligi
Buyuk Britaniya
Veb-sayt
craigdavid.com

Craig Ashley David (talaffuzi: Kreyg Eshli Devid; 5-may 1981-yilda tugʻilgan) ingliz qoʻshiqchisi, qoʻshiqnavisi, reperi va produseridir. Artful Dodger musiqa guruhi bilan hamkorlikda ijro etgan „Re-Rewind“ (1999) qoʻshigʻi ortidan shuhrat qozongan. David 2000-yilda Born to Do It nomli ilk studiyaviy albomini chiqardi. Bundan soʻng, u yana beshta studiyaviy albomini ommaga havola etib, Sting, Tinchy Stryder, Big Narstie, Kano va Jay Sean kabi sanʼatkorlar bilan birga ishladi. Davidning 20 ta ashulasi „Birlashgan Qirollik hit-paradlaridagi eng sara 40 ashula“, yettita albomi esa „Birlashgan Qirollik hit-paradlaridagi eng sara 40 albom“ safiga kirgan. Shu kungacha, umumjahon boʻylab 15 milliondan oshiq albom sotgan.

David koʻplab yutuqlarga, jumladan oʻn toʻrt marotaba Brit Awardsga va ikki marotaba Grammy Awardga nomzod boʻlgan.

Diskografiyasi

  • Born to Do It (2000)
  • Slicker Than Your Average (2002)
  • The Story Goes... (2005)
  • Trust Me (2007)
  • Greatest Hits (2008)
  • Signed Sealed Delivered (2010)
  • Following My Intuition (2016)
  • Rewind — The Collection (2017)
  • The Time Is Now (2018)
  • 22 (2022)
  • Commitment (2025)

Havolalar

  • Craig David — rasmiy sayt (ingl.)
  • Craig David diskografiyasi Discogsda
  • Craig David IMDbda


Read next

In 47 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article