factograf
UZ

Chukotka muxtor okrugi

Chukotka muxtor okrugi

Key facts

aholisi47 778
hudud721 481km²
bu konsepsiyaning alohida holatiRossiya federatsiyasi subyekti
davlatRossiya
poytaxtAnadir
tashkil etilgan10-dekabr, 1930
All data from the card 17
Chukotka muhtor okrugi bayrogʻi
Chukotka muhtor okrugi gerbi
Administrativ markaz
Anadir
Maydon
721 481 km² (7-chi)
- suv qismi
3,3%
Aholi
50,7 ming kishi (82-chi)
- maʼlumot olingan vaqt
2013
- zichlik
0,07 kishi / km²
YaIM
42 mlrd rub. (78-chi)
- maʼlumot olingan vaqt
2010
- jon boshiga
831,1 ming rub.
Byudjet daromadi
14,85 mlrd rub.
- maʼlumot olingan vaqt
2011
Federal okrug
Uzoq Sharq
Iqtisodiy tuman
Uzoq Sharq
Gubernator
Roman Valintinovich Kopin
RF subyekti kodi
87
Vaqt mintaqasi
Andoza:MSK+8

Chukotka muxtor okrugi (eskim: Chukotkaken Avtonomniken okrug) — Rossiya Federatsiyasidagi muxtor okrug. 1930-yil 10-dekabrda tashkil etilgan. Rossiya Federatsiyasining chekka garbiy sharqida. Chukotka yarim orol va materikning bir qismi hamda orollar (Vrangel, Ayon, Arakamchechen, Ratmanov va boshqalar)da joylashgan. Sharqiy Sibir, Chukotka va Bering dengizlari bilan chegaradosh. Okrugning koʻpgina qismi Shimoliy Qutbiy doiradan shimolida. Maydoni 737,7 ming km². Aholisi 48 ming kishi (2024), asosan, ruslar (66%), shuningdek, ukrain; shimoliy xalqlardan: eskimos, even, chuvan, yukagir va boshqalar yashaydi. Shahar aholisi 69,3%. 8 maʼmuriy tumanga boʻlingan, 3 shahar, 15 shaharcha bor. Markazi — Anadir shahri Boshqa shaharlari — Bilibino, Pevek. Chukotka muxtor okrugio. hududida paleolit davridan odamlar yashab kelgan. XVII asrda Chukotkani Rossiya egallagan. XIX asrning 20-yillaridan amerika sanoatchilari va savdogarlari kela boshlagan.

Sharqiy Sibir va Chukotka dengizlarining qirgʻoqlari kam oʻyilgan, yirik qoʻltigʻi — Chauna qoʻltiqchasi. Bering dengizida chuqur fordlar va yirik qoʼltiqlar bor. Okrug hududini oʻrab turgan dengizlar yilning koʻp qismida muz bilan qoplanib yotadi. Okrugning markaziy qismda Anadir yassitogʻligi, janubi-sharqida Anadir pasttekisligi, shimoliy-sharqda Chukotka togʼligi (eng baland joyi 1843 m) bor. Foydali qazilmalardan qalay, simob ruda konlari, toshkoʻmir, qoʻngʻir koʼmir, gaz va boshqa topilgan.

Iqlimi qattiq sovuq. Ichki rayonlarda keskin kontinental. Qishi 10 oygacha davom etadi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi Bering dengizi sohillarida –15°, –21°, ichki qismlarida –27°, –39°. Eng past temperatura –38°, –55°. Qishda kuchli shamollar esadi. Yozi qisqa, salqin va seryogʻin. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 5–10°, Anadir pastekisligida 13°– 14°. Yiliga 200–500 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri okrugning janubiy qismida 80–100 kun. Keng maydonlar koʻp yillik muzloq, yerlardan iborat. Daryolari Shimoliy Muz okeani va Tinch okean havzalariga mansub. Eng yiriklari: Anadir, Velikaya, Amguema, Omolon, Kagga va Kichik Anyuy. Koʻl koʻp. Okrug oʼrmonli tundra, tundra va arktika choʻllari zonasida joylashgan. Tuproqlari, asosan, togʻ-tundra tuproqlari, pasttekisliklarda gleyli, gleylibotqoq va torfgleyli tuproqlar mavjud. Tundra oʻsimliklari oʻsadi. Togʻlarning yuqori yon bagʻrilarida va Vrangel o.da arktika muz sahrolari bor. Anadir va boshqa yirik daryolar havzasida toʻp-toʻp oʻrmonlar (tilogʻoch, terak, koreys toli, qayin, qandagʻoch va boshqalar) uchraydi. Chukotka muxtor okrugida qutb tulkisi, boʻri, rosomaxa, burunduq, olmaxon, lemming, oq quyon, qoʻngʻir va oq ayiqlar; qushlardan oq va tundr[[Foydalanuvchi:]]a kuri, oʻrdak, gʻoz, oqqush va boshqa yashaydi. Sohilda „qushlar bozori“da kayra, gaga, chagʻalaylar bor. Dengizlarda baliq (keta, gorbusha, golets) va dengiz hayvonlari (morj, nerpa va boshqalar) koʻp. Daryo va koʻllarda chir, nelma, xarius mavjud. Vrangel oroli qoʻriqxonasi bor.

Okrug iqtisodiyotida kon sanoati yetakchi oʻrinda. Oltin, qalay, volfram, simob, koʻmir qazib olinadi. Issiqlik elektr markazlari bor. Baliq, qurilish materiallari sanoatlari rivojlangan. Baliq, moʻynali va dengiz hayvonlari ovlanadi. Qishloq xoʻjaligida yetakchi tarmoq — bugʻuchilik. Sut chorvachiligi, choʻchqachilik, parrandachilik, shuningdek, parrandachilik (oq tulki, kumush rang qora tulki koʼpaytiriladi) salmoqli oʻrin egallaydi. Issiqxona xoʻjaligi rivojlangan. Kartoshka, sabzavot yetishtiriladi.

Asosiy transport turlari — dengiz va havo transportlari. Portlari: Pevek, Provideniya, Anadir, Egvekinot, Bering. Kema qatnaydigan daryolari: Anadir, Velikaya, Katta va Kichik Anyuy. Qattiq qoplamali yoʻllar uzunligi 1279 km. (2002). Chukotka muxtor okrugida umumiy taʼlim maktablari, oʻrta maxsus bilim yurtlari, kutubxona, oʻlkashunoslik muzeyi, sanatoriykurort muassasasi va boshqalar bor.

Hududiy boʻlinishi


Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Read next

In 106 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article