factograf
UZ

Buyuk Xitoy devori

Buyuk Xitoy devori

Key facts

tashkil etilgan700 BC
balandligi/bo'yi5m
davlatXitoy Xalq Respublikasi
asoschisiSin Shixuandi
joylashgan maʼmuriy birligiXebey
Xarita
Xarita

Buyuk xitoy devori (xitoycha "Vanli chongchang" — "10 ming li uzunligdagi devor"), Saddi Chiniy — Shim. Xitoydagi qalʼa devori. Qad. Xitoy meʼmorchiligining ulkan yodgorligi. Qalʼa devori sifatida dastlabki qismi miloddan avvalgi IV—III asrlarda (tosh va gʻishtdan ishlanib, ichini tuproq bilan toʻldirib, shibbalab) qurilgan. Miloddan avvalgi II— I-asrlarda Gʻarbga tomon 500 km ga uzaytirilgan. Keyinchalik uning qurish va mustahkamlash ishlari (eng muhimi XIV—XV asrlar) davom etgan. 1953-yilda Szyuyyunguan qalʼasi (Pekin) yaqinidagi qismi taʼmirlangan. Buyuk Xitoy devori Szyuyyunguan qalʼasi (Gansu viloyatining gʻarbi) va Shanxayguan (Lyaodun koʻrfazi qirgʻogʻi) qalʼaqoʻrgʻoni oraligʻida choʻzilgan; koʻtarilish joylari va tarmoqlari bilan uz. 5000 km ga yaqin (toʻliq saqlanmagan). Xitoy arxeolog olimlarining 2001-yildagi ilmiy tadqiqotlariga koʻra, Xitoyning jan.gʻarbidagi sunʼiy tepalik ham Buyuk Xitoy devori ga daxldorligi — uning davomi ekanligi aniqlandi. Bu bilan Buyuk Xitoy devorining umumiy uzunligi 530 km ga koʻpaydi. Buyuk Xitoy devorining balandligi— 6,6 m (shinaklarining devorlari bilan 8–10 m gacha), kengligi — asosida 6,5 m dan yuqorisida 5 m gacha. Har bir necha yuz metrda soqchilar uchun toʻrtburchakli burjlar (balandligi 10–12 m) qurilgan, har 10 km da kuzatish va xabar berish uchun minoralari, togʻdagi muhim oʻtish joylarida mustahkam qoʻrgʻonlari boʻlgan. Buyuk Xitoy devori meʼmoriy yodgorlik sifatida saqlanadi.

Alisher Navoiyning "Saddi Iskandariy" dostonida B.Buyuk Xitoy devori "Saddi Chin" devori nomi bilan tilga olingan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Read next

In 174 languages

uzAfrikaansAlemannischአማርኛaragonésالعربيةالدارجةمصرىঅসমীয়াasturianuazərbaycancaتۆرکجهбашҡортсаBasa BaližemaitėškaBikol Centralбеларуская (тарашкевіца)беларускаябългарскиभोजपुरीবাংলাབོད་ཡིགbrezhonegbosanskiбуряадcatalà閩東語 / Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄нохчийнکوردیcorsuqırımtatarcačeštinaчӑвашлаCymraegdanskDeutschZazakiडोटेलीދިވެހިބަސްΕλληνικάEnglishEsperantoespañoleestieuskaraفارسیsuomivõroføroysktfrançaisNordfriiskFryskGaeilge贛語kriyòl gwiyannenGàidhliggalegoAvañe'ẽBahasa HulontaloગુજરાતીHausa客家語 / Hak-kâ-ngîעבריתहिन्दीFiji HindihrvatskimagyarհայերենԱրեւմտահայերէնBahasa IndonesiaIdoíslenskaitaliano日本語Patoisla .lojban.JawaქართულიTaqbaylitKabɩyɛKumoringқазақшаភាសាខ្មែរಕನ್ನಡYerwa Kanuri한국어کٲشُرkurdîkernowekкыргызчаLatinaLëtzebuergeschLingua Franca NovaLimburgsLigureLadinລາວlietuviųlatviešuमगहीमैथिलीмакедонскиമലയാളംмонголꯃꯤꯇꯩ ꯂꯣꯟमराठीBahasa MelayuMaltiမြန်မာဘာသာمازِرونیNedersaksiesPlattdüütschनेपालीनेपाल भाषाNederlandsnorsk nynorsknorskNouormandoccitanଓଡ଼ିଆਪੰਜਾਬੀPapiamentupolskiPiemontèisپنجابیپښتوportuguêsRuna Simiromânăрусскийрусиньскыйसंस्कृतम्саха тылаsicilianuScotsسنڌيsrpskohrvatski / српскохрватскиසිංහලSimple EnglishslovenčinaسرائیکیslovenščinaSoomaaligashqipсрпски / srpskiSeelterskSundasvenskaKiswahiliதமிழ்ತುಳುతెలుగుтоҷикӣไทยTagalogtoki ponaTürkçeтатарча / tatarçaTwiئۇيغۇرچە / Uyghurcheукраїнськаاردوvènetovepsän kel’Tiếng ViệtWinaray吴语მარგალურიייִדישVahcuengh文言閩南語 / Bân-lâm-gí粵語中文

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article