factograf
UZ

Avtomagistral

Avtomagistral

Avtomagistral (avto va lotincha: magistralus – bosh, asosiy soʻzlari qoʻshilishidan hosil boʻlgan) – oʻtkazish qobiliyati yuqori boʻlgan, qarama-qarshi harakat qatorlari oʻrtasida chegara qoʻyilgan, boshqa yoʻllar bilan bevosita kesishmaydigan avtomobil yoʻli. Katta shaharlar, viloyatlararo, shahar doirasidagi transport qatnoviga moslangan katta yoʻl. Toshkent halqa yoʻli, Toshkent – Samarqand avtomobil yoʻli avtomagistraldir (qarang Avtomobil yoʻli). Avtomagistrallarda harakat qatori toʻrttadan kam boʻlmaydi. Kesishuvchi Avtomagistrallarlar maxsus koʻpriklar va aylanma yoʻllar vositasida baland-past qilib oʻtkaziladi. Avtomagistrallarda yonilgʻi quyish stansiyalari, avtomobillarni koʻrikdan oʻtkazadigan va kichik taʼmirlash manzillari boʻladi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Read next

In 91 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article