factograf
UZ

Asus

Asus

Key facts

tashkil etilgan1-aprel, 1989
bu konsepsiyaning alohida holatibiznes, korxona, texnologiya kompaniyasi
davlatXitoy Respublikasi
All data from the card 3
Turi
biznes, korxona, texnologiya kompaniyasi va xosnom
Qachon asos solingan
1-aprel 1989
Aylanma daromadi
351 330 000

AsusTek Computer Inc. (xit. 華碩電腦股份有限公司 Huáshuò Diànnǎo Gǔfèn Yǒuxiàn Gōngsī; qisqacha — ASUS  — Tayvanda joylashgan kompyuter texnikalarini (tayyor mahsulotlar va ehtiyot qismilar) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan transmilliy kompaniya. Asus brendi Pegasus („Pegas“) soʻzidan kelib chiqqan. Qimmatli qogʻozlar kotirovkalari: NASDAQ: AKCPF.

Tarixi

Asusning AQShdagi bosh qarorgohi Kaliforniya shtatining Fremont shahrida.
Asusning AQShdagi bosh qarorgohi Kaliforniya shtatining Fremont shahrida.
Gonkongdagi Asus doʻkoni
Gonkongdagi Asus doʻkoni
2 images

1989-yil — markaziy platalarni (ona plata) ishlab chiqarishni boshladi. 2002-yil — ASRock shoʻba kompaniyasiga asos solindi. 2003-yil sentyabr/oktyabr — J100 mobil telefoni ishlab chiqarildi. 2005-yil sentyabr — birinchi PhysX video tezlatgichi chiqarildi (u „Ageia“ kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va NVIDIAʼga sotilgan). 2005-yil dekabr — TLW32001 modei bilan LCD televizor bozoriga kirdi. Mahsulot faqat Tayvan bozorida mavjud. 2006-yil yanvar — VX seriyasini ishlab chiqish uchun Lamborghini bilan hamkorlikni eʼlon qildi. 2006-yil 9 mart — ASUS Samsung va Founder bilan birga oʻzini ilk Ultra-Mobile kompyuter modellari ishlab chiqaruvchilardan biri sifatida eʼlon qildi. 2007-yil 5-iyun — COMPUTEX Taybey 2007 da Eee shaxsiy kompyuteri eʼlon qilindi. 2007-yil 9-sentyabr — kompyuter uchun BC-1205PT BD-ROM/DVD drayveri chiqarildi. 2007-yil 31-oktyabr — Buyuk Britaniy bozoriga moʻljallangan PDA-smartfonlari ishlab chiqarildi. 2008-yil 3-yanvar — ASUSTeK bosh kompaniyasi hamda Pegatron va Unihan shoʻba korxonalariga boʻlinib, qayta shakllantirildi. 2009-yil 4-fevral — Garmin va ASUS oʻrtasida LBS xizmatlariga yoʻnaltirilgan mobil telefonlarni birga ishlab chiqish uchun Garmin-Asus alliance tuzildi..

2021-yil 13-may — Kompaniya ikkita yangi flagman smartfonlarini taqdim etdi — asosiy model Zenfone 8 va Zenfone 8 Flip.

Ishlab chiqariladigan mahsulotlari

ASUS ZenFone
ASUS ZenFone
Asus Nvidia GeForce GTX 1080 grafik kartasi
Asus Nvidia GeForce GTX 1080 grafik kartasi
Asus x21 ultrabuk
Asus x21 ultrabuk
Asus anakarti
Asus anakarti
4 images
  • Shaxsiy kompyuterlar, noutbuklar, nettoplar, Internet planshetlari;
  • Kompyuter komponentlari: markaziy platalar, grafik kartalar, ovoz kartalari, optik disklar, sovutgichlar;
  • Tashqi kompyuter qurilmalari: monitorlar; tashqi xotira va optik disklar; sichqonchalar;
  • Mobil telefonlar, smartfonlar;
  • Asus routerlari.

Asus, shuningdek, Sony (PlayStation 2), Apple Inc kabi boshqa korporatsiyalar mahsulotlari uchun turli komponentlarni ishlab chiqaradi. 2010-yilgacha (iPod, iPod Shuffle, MacBook), Alienware, Falcon Northwest, Palm, Inc., HP va boshqa koʻplab uskunalar ishlab chiqaruvchilar oʻz tizimlarida ASUS markaziy platalaridan foydalangan (2008-yildan buyon bu mahsulotlarning barchasi Pegatron Corporation ishlab chiqarish korxonalarida tayyorlanmoqda).

2017-yil 3-noyabr kuni Asus oʻzining 18:9 displeyli birinchi smartfoni Pegasus 4S ni chiqarganini eʼlon qildi.

Markaziy platalar

Asus markaziy platalarni nomlash uchun "shifr" tizimidan foydalanadi. Masalan, Asus P5K Deluxe/WiFi-AP nomida birinchi qism (P5K) soket turini (P5 soket 775 ga mos keladi) va foydalanilgan chipsetni (K Intel P35/G33 degan maʼnoni anglatadi), ikkinchisi (Deluxe/WiFi-AP)ni ona plata Deluxe seriyasiga tegishli ekanligini anglatadi; shuningdek, plata qoʻshimcha ravishda WiFi moduli bilan jihozlanganligiga ishora mavjud.

Read next

In 69 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article