factograf
UZ

Astraxan

Astraxan

Key facts

aholisi465 990
hudud209km²
bu konsepsiyaning alohida holatiKatta shahar
davlatRossiya
tashkil etilgan1558
dengiz sathidan balandligi-25m
All data from the card 10
Mamlakat
Rossiya
{{{mintaqa_turi}}}
Astraxan viloyati
• Hokim
Oleg Polumordvinov
Asos solingan
1558
Ilk eslatilishi
1717
Maydon
208.7 km2 (80.6 kv mi)
Aholisi (2018)
533 925
Konfessiyaviy tarkib
pravoslavniylar, musulmonlar va boshqalar
Telefon kodi
+7 (8512)
Pochta indeks(lar)i
414000-414057

Astraxan (ruscha: Астрахань, tatarcha: Әстерхан) – Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Astraxan viloyatining ma’muriy markazi. Volga daryosi deltasidagi yirik dengiz va daryo porti, temir yoʻl tuguni. Quyi Volga boʻyining muhim iqtisodiy markazi. Kaspiy dengizidan 100 km uzoqda. Aholisi 511,7 ming (1999). Astraxan qadimgi shaharlardan biri. Shahar moʻgʻullar hukmronligi yillarida XIII asr) Itilning chap sohilida joylashgan Ashtarxon (Hoji Tarxon) qishlogʻi oʻrnida qurilgan. 1459-yildan Astraxan Astraxan xonligining poytaxti bo'lgan. 1556-yilda shaharni Astraxan xonligi bilan birga Rossiya bosib olgan. Astraxan XVII—XVIII asrlarda hukumatga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolonlarning markazi boʻlgan. 1717-yildan gubernya shahri. 1943-yildan viloyat markazi. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: oziq-ovqat (jumladan, baliq ovlash), mashinasozlik va metallsozlik (jumladan, kemasozlik). Yogʻochsozlik, sellyuloza-qogʻoz sanoati ham rivojlangan. Astraxanda 4 oliy oʻquv yurti, oʻlkashunoslik muzeyi, suratlar galereyasi, 2 teatr, 6 muzey bor.

Faktlar

Astraxan shahri 11 ta orolda joylashgan. Quyi Volga bo'yidagi eng qadimiy shahar hisoblanadi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar


Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Read next

In 121 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article