factograf
UZ

Asfalt

Asfalt

Asfalt – bogʻlovchi qurilish materiali; bitumga mayda mineral toʻldirgich qoʻshib tayyorlanadi. Asfaltning tabiiy (nisbatan kam uchraydi) va sun’iy xillari bor. Tabiiy asfalt neftdan, gipergeneza (atmosfera) ta’sirida yengil fraksiyalarning bugʻlanishi va oksidla-nishi natijasida hosil boʻladi. Sun’iy asfalt asosan, 13–60% neft bitumning ohaktosh kukuni bilan aralashmasidan tayyorlanadi. Asfalt gidroizolyatsiya materiali sifatida, pol va yoʻllarga yotqizish, qoplamalar toʻshash uchun qum, shagʻal, chaqiq tosh bilan aralashtirib ishlatiladi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Read next

In 74 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article