factograf
UZ

professional italiya futbolchisi

Antonio Chimenti

Antonio Chimenti

Key facts

tugʻilgan sanasi30-iyun, 1970
balandligi/bo'yi184cm
kasbifutbolchi, Menejer (futbol)
tugʻilgan joyiBari
vazni83 kg
All data from the card 24
Toʻliq ismi
Antonio Chimenti
Tavallud sanasi
1970-yil 30-iyun
Tavallud joyi
Bari, Italiya
Boʻyi
1.82 m
Ampluasi
Darvozabon
Joriy klub
Oʻzbekiston (darvozabonlar murabbiy)
Yillar
Jamoa
1988—1991
Sambenedettese
1991—1992
→ Tempio
1992—1993
→ Monza
1993—1997
Salernitana
1997—1999
Roma
1999—2002
Lecce
2002—2006
Juventus
2006—2007
Cagliari
2007—2008
Udinese
2008—2010
Juventus
2011—2012
Juventus (yoshlar)
2012
Sampdoria (darvozabonlar murabbiy)
2014—2019
Italiya U-21 (darvozabonlar murabbiy)
2019—2020
Italiya U-20 (darvozabonlar murabbiy)
2020
SPAL (texnik murabbiy)
2022—2023
SPAL (darvozabonlar murabbiy)
2025—
Oʻzbekiston (darvozabonlar murabbiy)

Antonio Chimenti (1970-yil 30-iyunda tugʻilgan) – italiyalik sobiq professional futbolchi, darvozabon pozitsiyasida oʻynagan. Hozirda Oʻzbekiston milliy terma jamoasining darvozabonlar murabbiyi lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Klub faoliyati

S. S. Sambenedettese Calcio

Chimenti oʻz faoliyatini S. S. Sambenedettese Calcio yoshlar akademiyasida boshlagan. 1988-yilda u asosiy jamoaga koʻtarildi. Sambenedettese bilan C1 seriyasida, keyin esa C2 seriyasida yana ikki mavsum oʻtkazgandan soʻng, u C2 seriyasidagi Tempio klubiga ijaraga berilgan. Tempio klubning asosiy darvozaboni sifatida 35 ta oʻyinda maydonga tushgan. 1992-93-yilgi mavsumda Chimenti B Seriyada oʻynaydigan AC Monza Brianzaga ijaraga berilgan. Bu klub bilan atigi 4 ta oʻyinda ishtirok etgach, u 1993-94-yilgi mavsumda Sambenedettesega qaytgan, ammo shu paytning oʻzida Salernitana Calcio jamoasiga transfer qilingan. Sambenedettese klubida Chimenti, asosiy jamoada faqat beshta oʻyinda maydonga tushgan.

Oʻyin uslubi

Zucchina (Qovoqcha) laqabli Chimenti oʻzining jismoniy kuchi, oʻziga ishonchi, uzoq faoliyati, ruhiy barqarorligi, diqqatini jamlash qobiliyati va darvozabon sifatidagi barqarorligi bilan tanilgan edi. Shuningdek, u oyoqlarida toʻp bilan mohirona oʻynash qobiliyati bilan ajralib turgan. Yoshligida hujumchi boʻlib oʻynagani (amakasi Vito singari) unga uzatmalarni nazorat qilish, bosim ostida toʻpni egallab turish va hatto raqiblardan toʻpni tortib olish imkonini bergan. Yoshlik chogʻida uning namunalari „Yuventus“ning sobiq darvozabonlari Dino Zoff va Stefano Tacconi boʻlib, ular uni oʻz oʻrnini oʻzgartirishga ilhomlantirgan edi. Faoliyatida oʻsish kech kuzatilgan Chimenti, 30 yoshlarning boshida oʻzining choʻqqisiga erishgan. „Lechche“ jamoasidagi darvozabonlar murabbiyi Franko Paleari qoʻl ostida u sezilarli taraqqiyotga erishgan. Paleari unga chaqqonlik, darvozabonlik texnikasi va portlovchi kuchini rivojlantirishga yordam bergan. Bu esa uning zarbalarni qaytarish, yerga tez tushish va penaltilarni toʻxtatish qobiliyatlarini yaxshiladi. 2000-yilda Paleari Chimentini uning shaxsiyati va oʻsishga boʻlgan intilishi uchun maqtagan edi. Ammo Chimenti oʻz darvoza chizigʻidan chiqib, havoda uchayotgan toʻplarni ushlab olishda uncha samarali emas edi.

Murabbiylik faoliyati

2022-yil oktyabr oyida Daniele De Rossi SPAL klubining yangi bosh murabbiyi etib tayinlangach, u Serie B dagi ushbu jamoaga darvozabonlar murabbiyi sifatida qoʻshilgan.

Shaxsiy hayoti

Chimentining otasi Francesco va amakisi Vito ham futbolchi boʻlgan.

Klublardagi faoliyat statistikasi

Klublardagi ishtiroki Liga Kubok Xalqaro Boshqa Jami
Mavsum Klub Liga Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Italiya Liga Italiya Kubogi Yevropa Boshqa Jami
1990–91 Sambenedettese Serie C2 5 0 0 0 – – – – 5 0
1991–92 Tempio Serie C2 34 0 0 0 – – – – 34 0
1992–93 Monza Serie B 4 0 0 0 – – – – 4 0
1993–94 Salernitana Serie C1 27 0 3 0 – – 3 0 33 0
1994–95 Serie B 37 0 0 0 – – – – 37 0
1995–96 36 0 0 0 – – – – 36 0
1996–97 37 0 0 0 – – – – 37 0
1997–98 Roma Serie A 8 0 1 0 – – – – 9 0
1998–99 24 0 4 0 8 0 – – 36 0
1999–2000 Lecce Serie A 33 0 4 0 – – – – 37 0
2000–01 34 0 2 0 – – – – 36 0
2001–02 31 0 0 0 – – – – 31 0
2002–03 Juventus Serie A 4 0 4 0 2 0 0 0 10 0
2003–04 2 0 8 0 2 0 0 0 12 0
2004–05 2 0 2 0 1 0 – – 5 0
2005–06 3 0 0 0 0 0 1 0 4 0
2005–06 Cagliari Serie A 21 0 0 0 – – – – 21 0
2006–07 22 0 3 0 – – – – 25 0
2007–08 Udinese Serie A 3 0 4 0 – – – – 7 0
2008–09 Juventus Serie A 0 0 0 0 0 0 – – 0 0
2009–10 2 0 0 0 1 0 – – 3 0
Mamlakat Italiya 370 0 35 0 14 0 4 0 423 0
Jami 370 0 35 0 14 0 4 0 423 0

Yutuqlari

Juventus

  • Serie A gʻolibi (1): 2002–03; ikkinchi oʻrin (1): 2008–09
  • Italiya Kubogida ikkinchi oʻrin (1): 2003–04
  • Italiya Superkubogi (2): 2002, 2003; ikkinchi oʻrin (1): 2005
  • UEFA Chempionlar Ligasi ikkinchi oʻrin (1): 2002–03

Havolalar

  • Juventus rasmiy profili
  • Antonio Chimenti TuttoCalciatori.net saytida (italyancha)
  • Antonio Chimenti Soccerway saytida

Read next

In 22 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article