factograf
UZ
Sign in

Angioma

Angioma (angio… va yun. ota – oʻsma) – qon yoki limfa tomirlarida paydo boʻladigan xavfsiz oʻsma. Odatda, bolaning ona qornidagi davrida tomirlarning notoʻgʻri oʻsishidan vujudga keladi. Koʻpincha terida (yuz yoki badandagi nor), baʼzan jigar, miya va boshqa aʼzo hamda toʻqimalarda uchraydi. Kapillyar, govaksimon va shoxsimon Angioma boʻladi. Elektrokoagulyatsiya, rentgen va radioaktiv nurlar hamda jarrohlik usuli bilan yoʻqotiladi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Read next

In 19 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article