factograf
UZ

Amad Diallo

Amad Diallo

Key facts

tugʻilgan sanasi11-iyul, 2002
balandligi/bo'yi173cm
kasbifutbolchi
tugʻilgan joyiAbidjan
All data from the card 17
Toʻliq ismi
Amad Diallo
Tavallud sanasi
2002-yil 11-iyul
Tavallud joyi
Abidjan, Kot-d'Ivuar
Boʻyi
1.73 m
Ampluasi
qanot himoyachisi
Joriy klub
Manchester United
Raqami
16
2014—2015
Boca Barco
2015—2019
Atalanta
2021—2022
Manchester United
Yillar
Jamoa
2019—2021
Atalanta
2021—
Manchester United
2022
→ Rangers
2022—2023
→ Sunderland
2021
Kot-dʼIvuar U23
2021—
Kot-dʼIvuar

Amad Diallo (talaffuzi:  Amad Diallo) (2002-yil 11-iyulda tugʻilgan) – Kot-d’Ivuarlik professional futbolchi. Ahmad Diall „Manchester United F.C.“ klubi futbolchisi. Ahmad Diallo qanot yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Kot-d'Ivuarda tugʻilgan Ahmad Diallo bolaligida Italiyaga koʻchib oʻtgan. Ahmad Diallo 2015-yilda „Atalanta“ klubining yoshlar tizimiga qoʻshildi va u yerda ikki marta „Campionato Primavera 1“ unvonini qoʻlga kiritdi. 2019-yilda Ahmad Diallo kattalar jamoasidagi debyut oʻyinida gol urdi. Bu natija Ahmad Dialloni A Seriyada gol urgan eng yosh futbolchiga aylantirdi. 2021-yil yanvarida Ahmad Diallo Angliyaning „Manchester United“ klubiga oʻtdi. 2022-yilda Ahmad Diallo „Rangers“ va „Sanderland“ klublariga ijaraga berilgan.

Ahmad Diallo 2021-yilgi Afrika Millatlar kubogi saralash bosqichi doirasidagi oʻyinlarda Kot-d’Ivuar milliy futbol terma jamoasi safida debyut qildi.

Yoshligi

Kot-d'Ivuarning Abidjan shahrida tugʻilgan Ahmad Diallo yoshligida Italiyaga koʻchib oʻtgan. Ahmad Diallo 2014-yil sentyabrida „Boca Barco“ klubining yoshlar jamoasida oʻynay boshlagan. Ahmad Diallo u yerda 2014-yilgi Rojdestvo turnirida katta taassurot qoldirgan. Ahmad Diallo oʻsha vaqtda maydondagi eng yosh futbolchi sifatida turnirning eng yaxshi toʻpurariga aylangan edi. Ahmad Diallo 2015-yilning 14-yanvarida klub bilan rasmiy shartnomasini imzolagan.

Oʻyin uslubi

Mezzala sifatida oʻynashga qodir boʻlgan qanot himoyachisi Ahmad Diallo yuqori texnik qobiliyatga ega. Ikki oyoqda ham yaxshi paslarni amalga oshira oladigan Ahmad Diallo oʻzining tezkorligi va maydonni yaxshi koʻra olishi bilan boshqa oʻyinchilardan ajralib turadi.

Shaxsiy hayoti

Ahmad Diallo musulmon hisoblanadi. Ahmad Diallo Italiya pasportini 2020-yil dekabr oyi oxirida oldi.

Faoliyat statistikasi

Klub

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Yevropa Jami
Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Atalanta 2019-20 A seriya 3 1 0 0 — 0 0 3 1
2020-21 A seriya 1 0 0 0 — 1 0 2 0
Jami 4 1 0 0 0 0 1 0 5 1
Manchester United 2020-21 Premer-liga 3 0 1 0 — 4 1 8 1
2021-22 Premer-liga 0 0 0 0 0 0 1 0 1 0
Jami 3 0 1 0 0 0 5 1 9 1
Rangers (ijara) 2021-22 Shotlandiya Premer-ligasi 10 3 3 0 — 0 0 13 3
Sanderland (ijara) 2022-23 Chempionat 9 1 0 0 0 0 — 9 1
Jami 26 5 4 0 0 0 6 1 36 6

Xalqaro

Terma jamoadagi oʻyin faoliyati
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Kot-d’Ivuarning 23 yoshgacha

boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi

2021-yil 4 0
Kot-d’Ivuar milliy futbol terma jamaosi 2021-yil 3 1
Jami 7 1
Amad Diallo tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
No. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa Mnb.
1 2021-yil 5-iyun Stade National, Abidjan, Kot-d’Ivuar  Burkina Faso 2-1 2-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi

Read next

In 45 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article