Albert Camus (talaffuzi: Alber Kamyu) (7-noyabr, 1913 — 4-yanvar, 1960) fransuz adibi va faylasufi boʻlgan. Ekzistensializmga oid deb qaralsa-da, Kamyu biror maktab yoki gʻoyaga tegishli boʻlgandan koʻra mustaqil mutafakkir boʻlishni afzal koʻrgan. U shaxsni gʻoyadan ustun qoʻygan. 1945-yilda bergan intervyusida Kamyu shunday degan: „Yoʻq, men ekzistensialist emasman. Sartre va men ismlarimizni yonma-yon koʻrishdan doimo taajjubda boʻlamiz….“ (Les Nouvelles litteraires, 15 noyabr, 1945). Ikkinchi jahon urushi yillaridagi Qarshilik harakati qatnashchisi boʻlgan. Ijodiy faoliyati 1937-yildan boshlangan. „Begona“ (1942) qissasi, „Sizif haqida asotir“ (1942) falsafiy ocherki, „Anglashilmovchilik“ (1944) va „Kaligula“ (1945) dramalari — inson hayotining maʼnosi toʻgʻrisidagi oʻylardan iborat. „Vabo“ (1947) roman-ramziy hikoyasi Qarshilik harakati haqida. Asarlari adabiyot va falsafani yana ham bir — biriga yaqinlashtirgan. Kamyu „Isyonkor odam“ (1951) falsafiy ocherki, „Tubanlashuv“ (1956) qissasi, „Saltanat va surgun“ (1957), „Shved nutqi“ (1958) kabi hikoyalar toʻplami muallifi. Nobel mukofoti laureati (1957). „Begona“ qissasi va „Vabo“ romani Ahmad Aʼzam tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1995).
yozuvchi, Fransiya
Albert Camus

Key facts
tugʻilgan sanasi7-noyabr, 1913
vafot sanasi4-yanvar, 1960
kasbiyozuvchi
vafot joyiVilleblevin
turmush oʻrtogʻiSimone Hié
ish joyiL'Express
All data from the card 6
- Tavalludi
- 7-noyabr 1913-yil Mondovi, Jazoir
- Vafoti
- 4-yanvar 1960-yil (46 yoshda) Villeblevin, Fransiya
- Fuqaroligi
- Fransiya
- Koʻrsatgan taʼsirlari
- Fyodor Dostoyevski, Franz Kafka, Søren Kierkegaard, Herman Melville, Friedrich Nietzsche, Jan-Pol Sartr, Simone Weil
- Olgan taʼsirlari
- Michael Novak, Thomas Merton, Jacques Monod, Jan-Pol Sartr
- Otasi
- Lucien Auguste Camus
Read next
In 142 languages
uzAfrikaansAlemannischአማርኛaragonésالعربيةمصرىঅসমীয়াasturianuKotavaAymar aruazərbaycancaتۆرکجهBasa Baliбеларуская (тарашкевіца)беларускаябългарскиBanjarবাংলাབོད་ཡིགbrezhonegbosanskiбуряадcatalàCebuanoکوردیčeštinaCymraegdanskDeutschZazakiΕλληνικάEnglishEsperantoespañoleestieuskaraفارسیsuomifrançaisarpetanFryskGaeilgeGàidhliggalegoગુજરાતીHausa客家語 / Hak-kâ-ngîעבריתहिन्दीhrvatskiKreyòl ayisyenmagyarհայերենinterlinguaBahasa IndonesiaInterlingueIlokanoIdoíslenskaitaliano日本語JawaქართულიQaraqalpaqshaTaqbaylitKabɩyɛқазақшаಕನ್ನಡ한국어کٲشُرkurdîkernowekкыргызчаLatinaLëtzebuergeschLingua Franca NovaLadinlombardlietuviųlatviešuMalagasyMinangkabauмакедонскиമലയാളംмонголमराठीкырык марыBahasa Melayuမြန်မာဘာသာمازِرونیNederlandsnorsk nynorsknorskNovialoccitanlivvinkarjalaਪੰਜਾਬੀKapampanganpolskiPiemontèisپنجابیNawatپښتوportuguêsRuna SimiromânăрусскийsardusicilianuScotsسنڌيsrpskohrvatski / српскохрватскиTaclḥitSimple Englishslovenčinaslovenščinaanarâškielâshqipсрпски / srpskisvenskaKiswahiliதமிழ்తెలుగుтоҷикӣไทยTagalogtoki ponaTürkçeтатарча / tatarçaукраїнськаاردوTiếng ViệtVolapükWinaray吴语მარგალურიYorùbáⵜⴰⵎⴰⵣⵉⵖⵜ ⵜⴰⵏⴰⵡⴰⵢⵜ閩南語 / Bân-lâm-gí粵語中文
Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article