Achinlar, ache – Indoneziyadagi xalq, Sumatra orolining shimolida, oʻtmishda Ache sultonligi mavjud boʻlgan mintaqada yashaydi. Aholisi 1,7 mln. kishi (1992-yil). Indonez til guruhiga oid achin tilida soʻzlashadi. Islom diniga eʼtiqod qiladi. Asosiy mashgʻulotlari – dehqonchilik (sholikorlik, qora murch, kokos, kauchuk va boshqalar); hunarmandchilik – toʻqimachilik, boʻyra toʻqish va boshqa, metallni qayta ishlash, qayiqsozlik. Achinlar oʻziga xos boy adabiyotga ega.
Indoneziyadagi xalq, Sumatra o.ning shimolida
Achinlar
Key facts
aholisi3 600 000
bu konsepsiyaning alohida holatiEvrifagiya
davlatIndoneziya
manbalarda keltirilganOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
Read next
In 34 languages
Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article