factograf
UZ

Rossiyaning Osiyo qismidagi shahar

Abaza

Abaza

Key facts

aholisi12 272
hudud81,5km²
bu konsepsiyaning alohida holatikoʻy
davlatRossiya
tashkil etilgan1856
dengiz sathidan balandligi450m
All data from the card 3
Tarkibida
Xakasiya
Asos solingan sanasi
1856-yil
Rasmiy tili
rus tili

Etimologiyasi

Shahar nomi Abakan zavodi iborasining qisqartmasidan (qisqartma shaklida) kelib chiqqan.

Geografik joylashuvi

Shahar togʻlararo havzada, Abakan daryosining yuqori oqimida, Abakan shahridan 179 km uzoqlikda joylashgan. Shimoli-gʻarbda Kirs tizmasining oʻrmonli yonbagʻirlari, janub va janubi-sharqda Joy tizmasi tomon koʻtarilib boradi.

Krasnoyarsk temir yoʻlining Askiz stansiyasi orqali temir yoʻl liniyasi Janubiy Sibir temir yoʻlining Novokuznetsk – Abakan liniyasiga ulangan, 95K-002 Abakan – Ak-Dovurak mintaqaviy avtomobil yoʻli shahar orqali oʻtadi.

Tarixi

Shahar 1856-yilda Abakan temir ruda konining oʻzlashtirilishi munosabati bilan aholi punkti sifatida paydo boʻlgan. 1867-yilda urallik savdogar Kolchugin 1926-yilgacha ishlagan temir quyish va temir zavodini tashkil etdi va ishga tushirdi. 1868-yilda aholi punkti Abakan-Zavod qishlogʻi deb oʻzgartirildi. 1920-yillarning boshlarida qishloq Xakass okrugining Toshtip tumani tarkibiga kirgan.

1921-yilda xalq deputatlari volost qurultoyi (1920-yil boshida Abakan-Zavod volosti tashkil etildi) Abakan-Zavod qishlogʻini Abaza qishlogʻi deb oʻzgartirishga qaror qildi. 1926-yildan 1957-yilgacha kondan foydalanilmagan. 1956-yilda Abazaga ishchilar posyolkasi maqomi berildi. 1957-yilda ruda qazib olish qayta tiklandi. 1966-yilda aholi punkti shaharga aylantirildi, 2003-yilda respublika boʻysunuvchi shaharga aylanadi.

Mahalliy hukumati

Abaza shahrining mahalliy hokimiyat organlarining tuzilishi:

  • Abaza shahar deputatlari kengashi – munitsipalitetning vakillik organi;
  • Abaza shahri rahbari – munitsipalitet rahbari;
  • Abaza shahri maʼmuriyati – munitsipalitetning ijro etuvchi va maʼmuriy organi;
  • Abaza shahrining taftish komissiyasi munitsipalitetning nazorat va hisob-kitob organi hisoblanadi.
Shahar meri
  • Filimonova Valentina Nikolayevna
Deputatlar Kengashi raisi
  • Piminova Lyubov Vyacheslavovna

Iqtisodiyoti

Shahardan 5 km uzoqlikdagi konda (Abaza koni) temir rudasi qazib olinadi. Qayta ishlash korxonasi mavjud. Temir rudasi Novokuznetsk metallurgiya korxonalariga yuboriladi. Shuningdek, goʻsht kombinati, yogʻochsozlik sanoati va boshqalar bor.

1995-yildan beri Abakan kon boshqarmasi „Gʻarbiy Sibir metallurgiya zavodi“ YOAJ boʻlinmasidir.

Rossiya Federatsiyasi Hukumatining 2014-yil 29 iyuldagi 1398-r-sonli qaroriga muvofiq (2016-yil 13-maydagi oʻzgartirishlar bilan) „Yagona shaharlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida“ gi yagona shaharlar roʻyxatiga kiritilgan. Rossiya Federatsiyasining eng ogʻir ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ega sanoat shaharlaridan biridir.

Rasmiylar ruda qazib olishni toʻxtatib, Abaza konini yopishni rejalashtirgan. Aholi esa bu holatga nisbatan: „shaxtani suv bossa, Abazani suv bosadi“ – deya javob behgan.

Ommaviy axborot vositalari

  • Televideniyasi: „TV-Abaza telekompaniyasi“ (2015-yil 7-dekabrda yopilgan), „MTV-Abaza“.
  • Gazetalari: „Abazanskiy kuryer“, „Abazanskiy vestnik“.

Havolalar

  • Abaza shahrining rasmiy sayti
  • Abaza „Sibir tarixiy ensiklopediyasi“ da

Read next

In 50 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article