
Butunjahon oʻrgimchak toʻri (inglizcha: World Wide Web; qisqartmasi: WWW) butun Internet boʻylab hujjatlar va boshqa veb-resurslarni kirishga imkon beradigan axborot texnologiyasi.
Butunjahon oʻrgimchak toʻri jahondagi hukmron (asosiy) dasturiy platformaga aylandi. U milliardlab odamlar uchun Internetga kirishda foydalaniladigan asosiy vosita hisoblanadi.
WWW avvalboshda hujjatlarni boshqarish tizimi boʻlishi reja qilingan. 1989-yilda Tim Berners-Lee CERN (Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Tashkiloti) da WWW serverining ilk prototipini ishlab chiqdi. 1991-yilda esa ommaga havola etildi.
_Calle_WWW%2C_indicador.png?width=1280)