factograf
UZ
Sign in

Kalanchak

  • 1 min read
All data from the card 1
Mamlakat
Ukraina

Kalanchak (ukraincha: Каланчак) — Ukraina janubidagi Xerson viloyati, Skadovsk tumanidagi shahar tipidagi aholi punkti. Unda Ukrainaning aholi punkitlaridan biri boʻlgan aholi yashash pukiti Kalanchak posyolkasi ma'muriyati joylashgan. 9,124 aholi istiqomat qiladi.

Ma'muriy maqom

2020-yil 18-iyulgacha Kalanchak Qalanchak tumanining maʼmuriy markazi boʻlgan. 2020-yil iyul oyida Ukrainaning ma'muriy islohoti doirasida bu tuman tugatildi, bu Xerson viloyatining tumanlari sonini beshtaga qisqartirdi. Kalanchak tumani hududi Skadovsk tumaniga birlashtirildi.

Tarixi

  Shahar 1794-yilda Turbay qo'zg'olonining surgundagi ishtirokchilari uchun uy sifatida tashkil etilgan. Kalanchak 2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi paytida, rus askarlari shahardagi postga hujum qilganda, Ukrainaga birinchi hujum qilingan joyga aylandi.

Transporti

Kalanchak temir yo'l stantsiyasi Myrne shahrida taxminan 10 kilometr (6.2 mi) uzoqlikda joylashgan aholi punktining sharqida. U Xersonni Jankoy bilan bog'laydigan temir yo'lda, ammo, 2014-yilda Qrim Rossiya tomonidan anneksiya qilinganidan so'ng, poezdlar faqat Qrim bilan chegaraga yaqin boʻlgan Vadimgacha ishlaydi.

Aholi punkti shimoldan Xersongacha va janubdan Qrim bilan chegaragacha boʻlgan M17 avtomagistraliga kirish imkoniyatiga ega.

Yana qarang

  • Xerson viloyatining Rossiya tomonidan bosib olinishi

Read next

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article