factograf
UZ

Amazon daryosi

Amazon daryosi
Amazon daryosidagi suzuvchi qishloq, Ikitos
Amazon daryosidagi suzuvchi qishloq, Ikitos

Amazon daryosi yoki Amazonka (portugalcha: Rio Amazonas) — Janubiy Amerikadagi daryo, sersuvligi va havzasi maydonining kattaligi jihatidan dunyoda birinchi oʻrinda, uzunligi jihatidan (6,4 ming km, Ukayali irmogʻi bilan taxminan 7 ming km) Nil daryosidan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Amazon 7180 ming km² maydondan suv yigʻadi. Asosiy irmogʻi — Maranon. Sharqiy Kordilera togʻ tizmasini kesib oʻtgandan keyin Amazonka pasttekisligiga chiqadi va Ukayali daryosi bilan qoʻshilib Amazonni hosil qiladi. Amazonga taxminan 500 irmoq quyiladi, koʻpchiligi yirik daryo hisoblanadi. Oʻng tomondan Ukayali, Jurua, Madeyra, Tapajos, Shingu, chapdan — Isa, Yapura, Riu-Negru daryolari qoʻshilib kengaya boradi, oʻrta oqimida 5 km, dengizga quyilish oldida 80-150 km gacha kengayadi. Amazonning chuqurligi oʻrta oqimida taxminan 70 m, quyilish joyida 15-45 m. Daryo doim sersuv, may, iyun oylarida daryo sathi balandlashadi. Amazon yil davomida oʻz havzasidan 1 mlrd. tonna loyka oqizib keladi. Oʻrtacha suv sarfi 220 ming m³/sek. Aling irmoqlarida yirik viktoriya-re-giya oʻsimligi oʻsadi, suv hayvonlaridan lamantinlar, delfinlar, suv choʻchqalari yashaydi. 2000 baliq turi bor. Amazon kemalar qatnay oladigan qismining uz. 4300 km. Manaus shahrigacha (okeandan 1690 km) yirik okean kemalari qatnaydi. Asosiy portlari: Ikitos, Manaus, Obidus, Santa-rel, Belen.

Havolalar


Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Read next

In 205 languages

uzаԥсшәаадыгабзэAfrikaansAlemannischአማርኛaragonésÆngliscअंगिकाالعربيةالدارجةمصرىঅসমীয়াasturianuаварअवधीAymar aruazərbaycancaتۆرکجهбашҡортсаBasa BaliBoarischžemaitėškaBikol Centralбеларуская (тарашкевіца)беларускаябългарскиभोजपुरीবাংলাབོད་ཡིགbrezhonegbosanskiбуряадcatalà閩東語 / Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄нохчийнCebuanoکوردیqırımtatarcačeštinaчӑвашлаCymraegdanskDeutschZazakiडोटेलीΕλληνικάEnglishEsperantoespañoleestieuskaraفارسیsuomivõroføroysktfrançaisNordfriiskfurlanFryskGaeilge贛語kriyòl gwiyannengalegoAvañe'ẽ𐌲𐌿𐍄𐌹𐍃𐌺Gaelgעבריתहिन्दीFiji HindihrvatskihornjoserbscemagyarհայերենԱրեւմտահայերէնinterlinguaBahasa IndonesiaInterlingueIlokanoгӀалгӀайIdoíslenskamedžuslovjanskyitaliano日本語Patoisla .lojban.JawaქართულიQaraqalpaqshaTaqbaylitJjuадыгэбзэKabɩyɛTyapKumoringқазақшаភាសាខ្មែរಕನ್ನಡYerwa Kanuri한국어къарачай-малкъарکٲشُرkurdîkernowekкыргызчаLatinaLëtzebuergeschлезгиLingua Franca NovaLimburgsLadinlombardlingálaລາວlietuviųlatviešuMadhurâमगहीमैथिलीMalagasyолык марийMāoriMinangkabauмакедонскиമലയാളംмонголꯃꯤꯇꯩ ꯂꯣꯟमराठीкырык марыBahasa MelayuMirandésမြန်မာဘာသာمازِرونیNedersaksiesPlattdüütschनेपालीनेपाल भाषाNederlandsnorsk nynorsknorskChi-Chewaoccitanଓଡ଼ିଆиронਪੰਜਾਬੀPapiamentupolskiPiemontèisپنجابیپښتوportuguêsRuna Simirumantschromânătarandíneрусскийрусиньскыйसंस्कृतम्саха тылаᱥᱟᱱᱛᱟᱲᱤsicilianuScotsسنڌيsrpskohrvatski / српскохрватскиTaclḥitSimple Englishslovenčinaسرائیکیslovenščinashqipсрпски / srpskiSeelterskSundasvenskaKiswahiliꠍꠤꠟꠐꠤślůnskiதமிழ்తెలుగుтоҷикӣไทยTürkmençeTagalogtoki ponaTürkçeтатарча / tatarçaтыва дылукраїнськаاردوvènetovepsän kel’Tiếng ViệtVolapükWinaray吴语isiXhosaმარგალურიייִדישYorùbáVahcuengh文言閩南語 / Bân-lâm-gí粵語中文

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article